Barguzin soyligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barguzin soyligi - Baykal boʻyi togʻlari orasidagi soylik. Barguzin daryosining oʻrta oqimida. Barguzin va Ikat tizmalari orasida (Buryatiya Respublikasi). Uzunligi 200 km, eni 15 – 35 km; tubi dengiz sathidan 470 – 600 m balandda, asosan tekislik boʻlib, unda-bunda qirlar uchraydi. Barguzin soyligi ning dasht qismidagi yerlar ekinzorlarga aylantirilgan, oʻrmonli dasht va qaragʻayzorlar ham bor. Dashtlardan yaylov sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil