Bargdan oziqlantirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bargdan oziqlantirish - oʻsimlikni oziqlantirishning bir turi; bunda oʻsimlikka oziq elementlari mineral oʻgʻitlar, mikroelementlar, oʻsish stimulyatorlari barg va poyasi orqali beriladi. Oziq moddalar ekin maydoniga eritmalar yoki kukun holida purkaladi. Oʻrta Osiyoning issiq quruq iqlim sharoitida Bargdan oziqlantirish samarali boʻlmagani uchun kam qoʻllaniladi. Yana q. Oʻsimlikni oziqlantirish.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil