Barg parvonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Barg parvonasi

Barg parvonasi (Recurvaria nanella) — kapalaklar turkumi, barg o‘rovchilar oilasiga mansub hasharot. Kapalagining qanotlari yozilganda 9 mm, qanotlari kambar, oldingi va orqa qanotlarining uchi ostki qismida uzun tuklardan iborat popugi bor. Qurtining uz. 6 –8 mm, dugsimon ochiq pushti rangli. G‘umbagi ochiq jigarrang , uz. 4 – 5 mm. Barg parvonasi daraxtlarning quruq po‘stlog‘i va xazon ostida cho‘ziq oq pilla ichida qurtlik davrida qishlaydi. Qishlab chiqqan qurtlar erta bahorda yozilayotgan kurtaklar va gullar bilan oziqlanadi. Barg parvonasi asosan olma, qisman nok, shaftoli, bodom, o‘rik va olxo‘ri kabi daraxtlarga katta ziyon keltiradi. Qishlab chiqqan qurtlar may oyida barglarni yopishtirib yasagan uyasida yoki po‘stloq ostida oq, zich pilla o‘rab g‘umbakka aylanadi. May—iyunda kapalaklar uchib chiqib, barglarning ostki tomoniga barg tomirlari atrofiga 100 dan ortiq tuxum qo‘yadi. Yiliga bitta nasli rivojlanadi. Kurash choralari: daraxt tanasini qurigan va ko‘chgan po‘stloqlardan tozalab, to‘plangan po‘stloqlar yoqib yuboriladi; kurtak bo‘rta boshlaganda nitrafen, 60% h. k. (40– 60 kg/ga) purkaladi; olma va nok gullashidan oldin benzofosfat, karate, karbofos, mitak yoki boshqa preparatlardan biri purkaladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil