Barg naqshlari
Qiyofa

Barg naqshlari — islimiy naqsh elementi; oʻsimlik bargining bezak san’atidagi badiiy ifodasi, naqsh mujassamotini tashkil etuvchi asosiy elementlardan. Badiiy hunarmandlik (naqqoshlik, ganchkorlik, kulollik, miskarlik, kashtadoʻzlik va boshqalar)da keng qoʻllanadi. Tabiatda uchraydigan oʻsimlik Barg naqshlari ustalar tomonidan bezakda uslublashtirib olinadi hamda turli (shobarg , qoʻshbarg , chorbarg , madohil barg va hokazo) koʻrinishlarda sodda va murakkab holda aks ettiriladi. Chizma, boʻyama, oʻyma, tikma naqshlarda Barg naqshlari ning 50 dan ortiq turi uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |