Barclays

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"BARKLEYS BANK" ("Barklays Bank") — Buyuk Britaniyadagi yirik tijorat banki. 1694 y.da Bankirlar uyi sifatida tashkil etilgan. 1869 y.dan "Barkley end kompani" nomi bilan yuritilgan. Angliya banklarining "katta toʻrtligi"ga kiradi. Mamlakatda 2900 boʻlimi va agentligi ishlaydi, 80 xorijiy mamlakatda 2 mingdan ortiq boʻlimlari va shoʻʼba kompaniyalari bor (Afrika, Oʻrta Sharq, Lotin Amerikasi, AQSH, GFR, Belgiya va boshqa mamlakatlarda).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil