Barchasi biz bilan yakun topadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barchasi biz bilan yakun topadi — bu Kolleen Hooverning 2016-yil 2-avgustda yozgan va Atria Books tomonidan nashr etilgan romantik janrdagi romani. Hoover ona va otasining oʻrtasidagi munosabatlarga asoslanib, uni „men yozgan eng qiyin kitob“ deb tasvirlagan.

2019-yilga kelib, roman butun dunyo boʻylab bir milliondan ortiq nusxada sotilgan va yigirmadan ortiq tillarga tarjima qilingan. Uning davomi „Barchasi Bizdan boshlanad“ nomi ostida, 2022-yilning oktyabr oyida nashr etildi.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollej bitiruvchisi Lily Bloom oʻz gul doʻkonini ochish maqsadida Bostonga koʻchib oʻtadi. U yaqinda oʻz shahridagi Plethora, Maynda otasining dafn marosimida otasini ulugʻlab nutq soʻzlagan. Uning otasi onasini kamsitar edi, lekin onasi buni sir saqlardi va bu Lilining ikkisidan ham ranjishiga olib keldi.

Lili oʻzining bolalikda yozgan kundaliklarini oʻqib, birinchi muhabbati Atlas Corriganni eslaydi. U harbiy xizmatga ketgan, ammo unga qaytishni vaʼda qilgan. Atlasga boʻlgan his-tuygʻulari bilan kurashayotgan vaqtda, nevroxirurg Ryle Kincaid bilan uchrashadi. Ular bir-biriga xohishi borligini bildiradi, lekin munosabatlarini davom ettirmaydilar chunki Lili faqat oʻzining majburiyatlari uchun munosabat qurardi, Ryle esa jinsiy munosabatlar uchun Lili bilan munosabat oʻrnatgandi. Biroq, Lily oʻz biznesini muvaffaqiyatli boshlaganidan soʻng, ular yana uchrashuvlarni davom ettirishadi va oxir-oqibat jiddiy munosabatlar boshlanadi.

Bir kuni kechasi Ryle kastryulkani bexosdan tushirib yuboradi, Lili bu holatni koʻrib kuladi va Ryle gʻazabga toʻlib, uni uradi. Lili otasining onasiga qilgan munosabatini eslab qoʻrqib ketadi. Ular ota-onasidan farq qilishlari kerakligini aytadi va uning uzrlarini qabul qiladi, ammo yana unga zarar bersa, tashlab ketishini aytib ogohlantiradi.

Ular Atlas ishlaydigan restoranda ovqatlanayotgan vaqtda Rylega uni shunchaki doʻst deb aytgan boʻlsa ham, Ryle Lilini Atlasdan rashk qiladi. Atlas Lilining jarohatlarini koʻrib Ryle Liliga zarar yetkazayotganini sezadi va Liliga yashirincha telefon raqamini beradi.

Lili va Ryle Vegasda toʻylarini qilishadi. Oradan vaqt oʻtib Ryle Atlasning raqamini izlashga kirishadi va uni topib janjallashadi. Oʻsha kechada Ryle Atlasni zinadan itarib yubormaguncha Lili bilan turmushi yaxshi kechayotgan edi. Ryle Liliga Atlas bolaligida uning ukasi Emersonni tasodifan otib oʻldirib qoʻyganini, bu uni gʻazablantirishini, bu voqea shunday qotillikka sabab boʻlganini aytadi. Lili uni kechiradi, lekin keyinchalik Ryle uning bolalik kundaliklarini oʻqir ekan, Lili va Atlasning munosabatlari haqida habar topadi, va Ryle Lilini yana urishni boshlaydi, u oʻzini himoya qilishga harakat qilar ekan birdan hushidan ketadi.

Lily uygʻonib, oʻziga kelgandan soʻng uydan qochib kteadi va Atlasga qoʻngʻiroq qiladi. Atlas uni kasalxonaga olib boradi, u yerda Ryledan homiladorligini biladi, ammo buni Lilidan sir saqlashga qaror qiladi. Lili Atlas bilan bir necha kun qoladi, Ryle esa mamlakatdan bir necha kunga shahar tashqarisiga ketadi. Ryle hali mamlakatga qatmasidan oldin Lili uyga qaytadi. Atlas hali ham Liliga nisbatan his-tuygʻulari borligini bildiradi, ammo Ryle tufayli ularni tugatadi. Lili Atlasni onasiga oʻzi koʻrgan barcha qiyinchiliklari haqida aytib beradi.

Ryle qaytib kelganida, Lili u bilan vaqtincha bitm tuzadi va homiladorligining oxirgi bir necha oyida unga gʻamxoʻrlik qilishiga ruxsat beradi, ammo u oʻzini ruhiy jihatdan Ryledan uzoq tutadi. Lili vaqt oʻtgandan soʻng qiz farzandli boʻladi va unga Rylening marhum ukasi sharafiga ism qoʻyadi. Tugʻilgandan soʻng, Lili qizining Rylening zoravonlik holatlariga guvoh boʻlib oʻsishini istamaydi va u bilan ajrashishga qaror qiladi. Lili Rylega ketishni xohlayotganini aytadi, garchi u undan ketmaslikni iltimos qilgan boʻlsa ham. Lili qizining u kabi azob chekishini istamasligini tushuntiradi. Lili oilasidagi zoʻravonlik davrini tugatganiga umid qiladi va qiziga:"Barchasi biz bilan yakunlanadi",-deydi.

Epilogda, farzandini Ryle bilan birga tarbiyalayotgan Lili yana Atlas bilan uchrashadi va u bilan yangi munosabatlarni boshlamoqchi ekanligini aytadi.

Tarix va nashr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barchasi biz bilan yakunlanadi asari 2016-yil 2-avgust kuni Atria Books tomonidan nashr etilgan[1]. Hoover oʻzining onasi va otasi oʻrtasidagi munosabatlarga asoslanib, uni „men yozgan eng qiyin kitob“ deb tasvirlagan[2][3].

Munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekspertlarning tahlilicha, "Kirkus Reviews" „Oʻzaro munosabatlar rahm-shafqat va halollik bilan tasvirlangan“,-deb yozadi va roman „zoʻravonlik; vayronagarchilik va omon qolganlarning matonatini tasvirlaydi“ degan xulosaga kelgan[4]. „Romantic Times“ yozganidek, „Barchasi biz bilan yakun topadi“ asari muallifning yozish uslubining mukammal namunasi va oʻziga xos, romantik va murakkab hikoyalarni birlashtirishgan asardir[5].

Sotuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilga kelib, bu roman butun dunyo boʻylab bir milliondan ortiq nusxada sotilgan va yigirmadan ortiq tillarga tarjima qilingan[6].

2021-yilning noyabr oyida va Hooverning asarlari TikTok-dagi #BookTok hamjamiyatining eʼtiboriga tushdi va bu mashhurlikning oshishiga sabab boʻldi[7][8]. 2022-yil yanvar oyida „Barchasi biz bilan yakun topadi“ asari The New York Times gazetasining eng koʻp sotilgan mahsulotlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi[9]. Bu 2022-yilning birinchi olti oyida Publishers Weekly kattallarga moʻljallangan asarlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi va jami 925,221 ta nusxada sotildi[10]. Shuningdek, bu Publisher Weekly yillik roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan va jami 2 729 007 nusxa sotilgan[11]. U 2023-yilgi eng koʻp sotilgan roman boʻlib, jami 1 292 733 nusxada chop etilgan[12]. „Barchasi biz bilan yakun topadi“ asari TikTok-da bir milliarddan ortiq yozuvlarga ega[13].

Eʼtirof[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman 2016-yilda Eng yaxshi romantik asar Goodreads Choice Award mukofotiga sazovor boʻldi[14].

Keyingi qism[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil fevral oyida Atria Books „Barchasi biz bilan yakun topadi“ nomli kitobning davomini 2022-yilning oktabr oyida nashr etishi eʼlon qilindi[15]. 2022-yil 18-oktabr kuni „Barchasi biz bilan boshlanadi“ nomi ostida asarning keyingi qismi nashr etildi[16][17]. Asarning davomi „Barchasi biz bilan yakun topadi“ romanining tugagan joyidan davom etadi va bu qism Lily va Atlas oʻrtasidagi munosabatlar haqida[18].

Filmga moslashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil iyul oyida Justin Baldoni oʻzining Wayfarer Entertainment kompaniyasi tomonidan suratga olingan filmga moslashuv sifatida ushbu romanni tanladi[6]. 2021-yil oktabr oyida birinchi ssenariy loyihasi yakunlandi[19]. 2023-yil yanvar oyida Blake Lively Lili Bloom roliga tayinlandi. Ryle Kincaid rolini ijro etuvchi Baldoni mana shu filmga rejissyorlik qildi va Christy Hall ssenariyni namoyish etdi[20][21]. 2023-yil aprel oyida Atlas rolini ijro etish uchun Brandon Sklenar tayinlandi[22]. Filmning suratga olish ishlari 2023-yil 5-mayda , New Jersey Hoboken shahrida boshlandi[23]. Film 2024-yil 21-iyunda kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan[24].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „It Ends with Us“. Simon & Schuster. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  2. Kayle. „BookCon 2017: Colleen Hoover: Different Endings“. Publishers Weekly (2017-yil 3-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  3. White, Mara. „New Adult author Colleen Hoover releases novel 'It Ends with Us'“. New York Daily News (2016-yil 3-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  4. „It Ends with Us by Colleen Hoover“. Kirkus Reviews (2016-yil 31-may). Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  5. Carr. „IT ENDS WITH US | RT Book Reviews“. Romantic Times. 2017-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  6. 6,0 6,1 McNary. „Justin Baldoni Developing 'It Ends With Us' Romance Movie“. Variety (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  7. Italie, Hillel. „Author Colleen Hoover's word-of-mouth success“. Associated Press (2021-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  8. Merry, Stephanie. „On TikTok, crying is encouraged. Colleen Hoover's books get the job done.“. The Washington Post (2022-yil 20-yanvar). 2022-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  9. „Combined Print & E-Book Fiction - Best Sellers - Books“. The New York Times. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  10. Maher. „The Bestselling Books of 2022 (So Far)“ (en). Publishers Weekly (2022-yil 8-iyul). Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  11. Milliot. „Colleen Hoover Was Queen of 2022's Bestseller List“ (en). PublishersWeekly.com. Qaraldi: 2023-yil 28-aprel.
  12. Milliot, Jim (8 January 2024). „Women Ruled the 2023 Bestseller List“. Publishers Weekly. Qaraldi: January 12, 2024.
  13. Buono. „Best Colleen Hoover Books Ranked“ (en-US). The Literary Lifestyle (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
  14. Dilworth. „2016 Goodreads Choice Awards Winners Revealed“. Adweek (2016-yil 6-dekabr). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  15. „Atria Books to Publish Colleen Hooverʻs Sequel to Viral BookTok Novel, It Ends With Us in October 2022“. simonandschuster.biz (2022-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  16. Comerford, Ruth (October 17, 2022). „New Colleen Hoover becomes S&Sʻs most pre-ordered title to date as campaign unveiled“. The Bookseller. Qaraldi: October 18, 2022.
  17. „Atria to Publish Colleen Hooverʻs 'It Starts with Us' in October“. Publishers Weekly (2022-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  18. Haupt, Angela (October 12, 2022). „Why We Can't Stop Reading Colleen Hoover's Trauma-Filled Novels“. Time. Qaraldi: October 18, 2022.
  19. Norbez. „Everything we know about 'It Ends with Us' novel adaptation“ (en-US). Film Daily (2021-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
  20. Kroll, Justin. „Blake Lively & Justin Baldoni To Star In 'It Ends With Us'; Baldoni Also Directing Sony And Wayfarer Studios' Adaptation Of Colleen Hoover Novel“. Deadline (2023-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  21. Zhan, Jennifer. „The It Ends With Us Movie Ends Up Casting Blake Lively“. Vulture (2023-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  22. Kroll, Justin. „'1923' Breakout Brandon Sklenar To Play Atlas Corrigan In Sony And Wayfarer's Adaptation Of 'It Ends With Us' Starring Blake Lively“. Deadline (2023-yil 20-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  23. Campano, Leah; Oh, Hannah (May 16, 2023) [January 27, 2023]. „Everything We Know About the Film Adaptation of Colleen Hoover's "It Ends With Us". Seventeen. Qaraldi: May 16, 2023.
  24. D'Alessandro. „Blake Lively, Justin Baldoni Movie Colleen Hoover's 'It Ends With Us' Heads To Summer“. Deadline Hollywood (2024-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.