Barbaro iosafat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(1413-1494) – Venetsiyalik savdogar va elchi. 1436-yili sayohatga chiqqan va dastlab Tana (Azov)ga kelgan va o‘sha yerda o‘n olti yil istiqomat qilgan. O‘shanda u Qora dengiz bo‘yidagi shaharlarni aylanib chiqdi, Kavkazda bo‘ldi. O‘n yil – 1463-1473-yillari avval Dalmatsiya (Adriatika dengizi sohilida joylashgan va Yugoslaviyaga qarashli tarixiy viloyat)da, so‘ngra Albaniyada Venetsiya respublikasining favqulodda va muxtor vakili sifatida, 1473-1479-yillarda esa Tabrizda Oq qo‘yunlilar hukmdori Uzun Xasan (1453-1478) huzurida Venetsiya elchisi bo‘lib turdi. O‘sha yillari Iosafat Barbaro Turkiyaga qarshi Oq qo‘yunlilar davlati bilan Venetsiya o‘rtasida ittifoq tuzishga harakat qildi. Bunday ittifoq tuzildi ham. Venetsiya Uzun Hasanga qurol – yaroq yetkazib bermoqchi bo‘ldi, lekin yo‘lda Venetsiya karvonini turklar bosib oldilar. 1473-yili Frot daryosining yuqori oqimida joylashgan Terjon degan joyda bo‘lib o‘tgan urushda Uzun Hasan mag‘lubiyatga uchradi. Iosafat Barbaro 1479-yili Rossiya poytaxti Moskvada ham bo‘ldi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).