Barbari (non)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
barbari

Barbari (forscha: نان بربری nân-e barbari) — Eron nonlarining bir turi. U yassi shaklga ega. Eron va Ozarbayjonda juda mashhur.Ali Akbar Dehhodaning soʻzlariga koʻra, bu nonni forslar xazarlardan qarzga olishgan. Qoidasi boʻyicha, non uzunligi 70-80 sm va kengligi 25-30 sm. Non tekis oval shaklga ega va barcha turdagi yassi nonlarning eng qalini hisoblanadi. Barbarining orasi gʻovakli va ustki qismi tillarang tusga ega. Ustiga kunjut sepiladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. https://web.archive.org/web/20160304090913/http://mirtortov.ru/recepti-hleba/832-iranskiy-hleb-barbari-recept-s-foto.html