Barash familiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barash — yahudiy va rus familiyasi.

Uning kelib chiqishi Rossiyada „barash“ soʻziga borib taqaladi, ushbu soʻz „shoh chodirchisi“, shuningdek "hunarmand („qoplovchi“, „chodirchi“) degan maʼnoni anglatadi. Ushbu kasb vakillari shohning yotoqxonasini jihozlash bilan shugʻullanishgan, yurishlar paytida esa uning dam olishi uchun chodirlarni hozirlab berishgan. „Barash“ soʻzi katta ehtimol bilan rus tiliga arab tilidagi „farrash“ — „choyshab tayyorlovchi hunarmand“ soʻzidan oʻzlashgan holda turkiy tillar taʼsiri ostida kirib kelgan[1].

Moskvadagi „Barashovskaya sloboda“ hanuzgacha saqlanib qolgan, oʻz vaqtida bu yerga knyaz barashlari kelib joylashgan. Mazkur hududda yashovchi odamlar ham aholi orasida barash deya atalgan, yaʼni Barash familiyasi yashash joyi nomidan kelib chiqqan boʻlishi mumkinligi haqidagi ehtimolni rad etib boʻlmaydi. Barash familiyasiga qoʻshimcha ravishda, Barashkin, Barashkov, Barashnev[2] familiyalari ham „barash“ (kasb-korga urgʻu beruvchi ismlar) soʻzidan kelib chiqqan.

Yahudiylar orasida keng tarqalgan Barash familiyasi qisqartma hisoblanadi. U ravvinning Shlomo, Shmuel, Shimon ismli va ismi Sh harfi bilan boshlanadigan boshqa oʻgʻillariga ham berilishi mumkin edi (Ben Rabbi Sh…)[3][4].

Karaimlar orasida keng tarqalgan Barash familiyasining kelib chiqishi turkiylarga borib taqaladi va „dumbali qoʻy“ deya tarjima qilinadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. А. В. Суперанская, [ А. В. Суслова „Бараш“,. О русских фамилиях. ISBN 978-5-903605-10-1. 
  2. Ганжина И. М. „Баран, Бараненков, Баранин, Баранков, Баранов, Баранович, Баранцев, Баранцевич, Баранчев, Баранчик, Баранчиков, Бараш, Барашкин, Барашков, Барашнев“,. Словарь современных русских фамилий, M.. ISBN 5-271-00127-X. 
  3. „Происхождение фамилии Бараш“. 2017-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  4. „Что означает фамилия Бараш?“. 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.