Baranovichi
Jump to navigation
Jump to search
Baranovichi — Belorussiya Respublikasining Brest viloyatidagi shahar (1919 yildan). Yirik temir yoʻl tuguni. Aholisi 167 ming kishi (1999). Baranovichi 19-asrning 70-yillarida vujudga kelgan. Shaharda avtomobil agregatlari, avtomatik liniyalar, stanok jihozlari, ventilyatsiya asboblari, temir-beton konstruksiyalari, moy, sut va pivo zavodlari, go‘shtkonserva, un, non kombinatlari, ip gazlama ishlab chiqarish birlashmasi, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj va mebel fabrikalari va boshqa korxonalar mavjud. Qurilish materiallari, uy-ro‘zg‘or kimyosi mahsulotlari, o‘yinchoq, badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Texnologiya, yengil sanoat texnikumlari, musiqa, tibbiyot bilim yurtlari, o‘lkashunoslik muzeyi bor.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |