Barakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barakat — Turkmanistonning Bolxon viloyati Barakat tumanidagi shahar. Tuman markazi. Kurendogʻtizmasiningetagida, Qoraqum kanalining quyilish qismida joylashgan. Ashxoboddan 292 km shim.-gʻarbda. Ashxobod — Turkmanboshi yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 20 ming kishiga yaqin (2005). Shahar oʻtmishda Qarsanjiq (1881-yilgacha shu nomdagi qishloq), keyinchalik Qazan-jiq (1895-yildan) deb atalgan. Barakat qurilgandan keyin qishloq yaqinida st-ya vujudga kelgan. Bu nomlar mahalliy bulokdarning tuzilish shakliga qarab xalq tomonidan berilgan. 1939-yil Qazanjiq qishlogʻi shahar maqomini oldi, 1999-yildan Barakat shahri deb yuritiladi. B.da temir yoʻl transporti korxonalari, gilamchilik fabrikasi, qurilish materiallari zavodi faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, kasalxona, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.