Baraka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baraka — bir-biriga qoʻshilib oʻsgan ikki va undan ortiq qoʻshaloq meva. B. novdaning aynan bir boʻgʻimida hosil boʻlgan ikki yoki uch gulbandning bir-biriga toʻliq qoʻshilib rivojlanishi oqibatida sodir boʻladi. B. koʻpgina qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan, paxta, pomidor, kartoshka, bodring , qovun va boshqa, shuningdek mevalarda ham koʻp uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil