Kontent qismiga oʻtish

Baraban (cholgʻu asbobi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Baraban
Turi

urma cholgʻu asbobi

Baraban — urma cholgʻu asbobi. Sadolari muayyan baland-pastlikka ega emas. Gardishi metall yoki yogʻochdan yasaladi. Bir yoki har ikki tomoniga teri qoplanadi. Baraban ikki xil boʻladi: kichik baraban va katta baraban.

Koʻrinishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichik baraban

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichik baraban, tirillama-rez tovush hosil qilish uchun bir tomonidagi teri tagidan 2-3 (konsert barabanda — 4-10) tor tortiladi. Yumaloq uchli ikkita choʻp bilan chalinadi.

Katta baraban

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta baraban, tovushi gumburlaydi, yoʻgʻon, ya’ni past boʻladi. Uchiga yumaloq kigiz qoplangan choʻptayoqcha bilan chalinadi. Barabanlardan simfonik va puflama sozlar orkestrlarida, shuningdek jaz va estrada ansambllarida foydalaniladi. Oʻzbekistonda, ayniqsa, Fargʻona vodiysida dor oʻyinlari, turli tomoshalar hamda tantanali marosimlarda qatnashadigan surnay, karnay va nogʻoradan iborat an’anaviy ansambl tarkibidagi koʻs hamda qoʻsh nogʻora oʻrniga koʻproq XX asr boshidan katta va kichik barabanlar ishlatiladi[1].

  1. „Baraban (cholgʻu asbobi)“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.