Kontent qismiga oʻtish

Baraba pasttekisligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Baraba pasttekisligi (Baraba dashti) — Gʻarbiy Sibir pasttekisligining janubiy qismida. Maydoni 117 ming km² ga yaqin. Yer yuzasi bir oz oʻr-qir tekislik, balandligi 100-150 m. Baraba pasttekisligi da qator tepaliklar — "grivalar" uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 19-20°, minimal temperatura — 54°, yoz qisqa va issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 17-19°, maksimal temperatura 38°. Vegetatsiya davri 150-160 kun. Daryolari Om daryo sistemasiga va Chana koʻllari havzasiga mansub; daryolarning koʻplari bahorda oqib, yozda deyarli qurib qoladi. Qator tepaliklar orasidagi chuqurliklarda 2000 dan ortiq katta-kichik chuchuk hamda shoʻr koʻllar (Chana, Sartlan va hokazo), botqoqliklar bor. Baraba pasttekisligi da qora tuproq va botqoq tuproqlar keng tarqalgan; shoʻrxok va shoʻrtoblar koʻp. Dashtning shimolida qayinzor va sfagnum botqoqlari bilan, janubida qayinzorlar va oʻtloqdasht oʻsimliklari bilan qoplangan. Baraba pasttekisligi ning koʻp yeri ekinzorlarga aylantirilgan. Baraba pasttekisligi — Gʻarbiy Sibirning muhim sut chorvachiligi va dehqonchilik (bahori bugʻdoy, suli, javdar, arpa, makkajoʻxori, tolali zigʻir ekinlari) rayonlaridan biri.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil