Banyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Banyan, banian — fikuslar turkumiga kiradigan ikki tur daraxtning nomi; 1) bengal fikusi (Ficus bengaiensis) — yer bagʻirlab oʻsadigan bahaybat daraxt. Urugʻini, odatda, qushlar tarqatadi. Bunda biror boshqa daraxtga tushib qolgan urugʻdan epifit holda rivojlanadigan oʻsimlik paydo boʻladi. B.ning ingichka tanasi koʻpdan-koʻp havo ildizlari hosil qiladi. Ular pastga qarab tez oʻsadi va tuproqqa oʻrnashgan qismi shoxlanib ketadi. Bunday ildizlar yoʻgʻon ustunlarga aylanadi. Daraxtning shox-shabbasi ham juda oʻsib ketadi. Shunday qilib, bir dona urugʻdan katta chakalakzor paydo boʻladi. Kalkutta botanika bogʻida oʻsayotgan 150 yoshdagi B. shox-shabbasining aylanasi 300 m, ustunsimon ildizlarining soni 300 dan ortiq kelardi; 2) avliyo fikus (F. religiosa), bu ham bahaybat daraxt boʻlib, shoxlaridan chiqadigan havo ildizlaridan rivojlanadi. Ildizlari gʻoyat katta shox-shabba uchun tayanch boʻlib xizmat qiladi. Aksari epifit emas. B. Hindistonda oʻsadi. Mevasi yeyiladi. B.ning yosh novdalarida qimmatbaho smola — shellak hosil boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil