Banu mustaliq
Banu Mustaliq (arab. بنو المصطلق) – arab qabilasi. Bu qabila Banu Xuzoa qabilasining bir tarmogʻi boʻlib, Azdi Qahtoniy naslidan boʻlgan. Ular Qizil dengiz sohilidagi Jidda va Rabig oraligʻidagi Qadid hududida yashashgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leone Ketaniyning yozishicha, Makkadagi Quraysh qabilalariga ittifoqchi Banu mustaliq milodiy 626-yilning Shaʼbon oyida musulmonlar hujumiga uchragan. Musulmon qoʻshinlari va Banu Mustaliq qabilasi al-Muraysiy nomli buloq yonida toʻqnash keldi, Mustaliq qabilasi magʻlubiyatga uchradi, qabila boshligʻi al-Horis va boshqalar asirga olindi. Musulmonlar tomonidan olingan asirlar orasida al-Horisning qizi Juvayriya ham bor edi. U dastlab Muhammadning hamrohi Sobit ibn Qays ibn ash-Shammasning oʻljalari orasiga tushib qoldi. Qiynalgan Juvayriya Muhammaddan qutulish uchun yordam soʻradi. Muhammad unga turmushga chiqishni taklif qiladi. Shu bilan U va uning asirga tushgan qabiladoshlari qutulib qolishdi[1][2].
Hujum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Banu Mustaliq qavmiga hujum hijriy 6-yilning 8-(shaʼbon) oyi, 627-yil dekabrda boʻlib oʻtdi. 200 oila asirga olindi, 200 tuya va 5000 qoʻy-echki, shuningdek, katta miqdordagi xoʻjalik mollari oʻlja sifatida olindi. Uy-roʻzgʻor buyumlari kim oshdi savdosida eng yuqori baholarda sotildi[3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Alfred Guillaume, The Life of Muhammad: A Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasul Allah, p. 490-493.
- ↑ William Muir, The Life of Mahomet, vol. 3, chapter 16
- ↑ Mubārakfūrī, Ṣafī al-Raḥmān (January 31, 2002). „The Sealed Nectar: Biography of the Noble Prophet“. Darussalam – via Google Books.
- ↑ "الرئيسية | موقع نصرة محمد رسول الله". www.rasoulallah.net.