Bantok Grenvill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Bantok Grenvill (1868.7.8— London — 1946.16.10) — ingliz kompozitori, dirijyor. Musiqiy oriyentalizm (Sharq mavzulariga murojaat qilish)ning yirik namoyandasi, ilk ijodiy qadamlaridan Sharqqa murojaat qilgan. 1938-yil dunyo (xususan Yaqin va Oʻrta Sharq) boʻylab qilgan safarida sharq mavzu va kuylarini toʻplagan va asarlarida ulardan foydalangan. Jumladan, "Eron durdonasi" operasi, "Misr", "Lalla Ruk" baletlari; xor va simfonik orkestr uchun "Umar Xayyom" (1906 — 09, uch turkumdan iborat), "Samarqandga oltin sayohat" (1922); ovoz va fortepiano uchun "Haram qoʻshiqlari", "Hofizning 5 ta gʻazali", "Saʼdiy bogʻi atir gullari" kabi turkumlar, boshqa sharq shoirlari sheʼrlariga asarlar yaratgan. Arab (Misr), hind, yapon va boshqa xalqlar kuylarini qayta ishlagan. Jami 4 opera, 3 balet, 3 simfoniya, 6 programmali simfonik poema; 2 torli kvartet, 4 skripka va fortepiano uchun sonata; xor uchun 3 simfoniya, spektakllarga musiqa, bolalar uchun turli janrlardagi asarlar muallifi. 1947-yil Angliyada B. jamiyati tashkil etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil