Bansuri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bansuri
Bansuri bamboo flute 23inch.jpg
Boshqa nomlari Bansuli
Turi

Ko‘ndalang konsert bansuri

Bansuri, bansuli (sankripchasiga bansi — bambuk began ma’noni bildiradi) - zamonaviy Hindistonning an’anaviy va mumtoz musiqa san’atida keng ommalashgan turli naylar bambuk poyasidan qilingan. Musiqa cholg‘u asbobining yuqori qismida 6-8 teshik va quyi qismida bitta teshik bor. U ikki turga bo‘linadi: ochiq va hushtakli bansuri yoki ko‘ndalang konsert bansuri bor. Uzunasida odatda xalq og‘zaki ijodida, ko‘ndalangida esa - hind klassik musiqalarida qo‘llaniladi.

Bansuri tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cho‘ponlar va ularning udumlari bilan bog‘liq bo‘lgan qadimiy musiqa asbobi Krishna va Radha hikoyasi bilan chambarchas bog‘liq, shuningdek, u eramizdan 100-yil avval buddist tasvirlangan suratlarda  Venu deb nomlangan Bansuri Krishnaning ilohiy musiqa asbobi[1] sifatida qadrlanadi va ko‘pincha Rasa-Lila bilan bog‘lanadi; mifologiyada Krishnaning nayda bilan chalgan kuylari nafaqat ayollarni, balki jonzotlarni ham ohanrabodek o‘ziga tortgan  va jodulagani haqida afsonalar yuradi. Odatda uzunligi 14 dyuym tashkil topgan Shimoliy Hindiston bansurisi an’anaviy ravishda, masalan, kinofilmlarda yordamchi musiqa cholg‘usi sifatida foydalanilgan.

Pandit Pannalal Gxosh (19111960-yillarda) bansurini xalq cholg‘usidan mumtoz musiqa asbobiga tenglashtira oladi. U bansuridagi teshiklarning uzunligi, diametri va soni bo‘yicha tajriba o‘tkazib, uzunroq va kengroq diametrli bansuri quyi oktavalardan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi degan xulosaga keldi.

Cholg‘uni yaratish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bansuri bo‘yicha notalar (sur) tartibi

Bansuri yasash - bu san’at. Bansuri tayyorlash uchun mos va xos bo‘lgan bambuk bir vaqtning o‘zida bir nechta xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: devorlari yupqa, tekis dumaloq kesma va uzun bo‘ladi. Barcha talablarga javob beradigan bambuk poyalarini topish mushkul bo‘lgani sababli, yaxshi bansuri kamdan-kam uchraydi va juda qimmat hisoblanadi. Bambukning mos va xos turlari (masalan, Pseudostachyum) Assam va Kerala o‘rmonlarida uchraydi.

Tegishli namunalarni tanlagandan so‘ng, bambuk tabiiy qatronlar yog‘ochni mustahkamlashi uchun kerak. So‘ng bambukning bir uchi tiqin bilan yopiladi, puflash uchun teshik yoqib yuboriladi. Barmoqlar uchun teshiklar asta-sekin qizil-issiq novdalar bilan yondiriladi, lekin bukilmaydi, chunki bu bambuk tanasining yaxlitligini buzishi mumkin. Barmoq teshiklarining joylashishi bambuk tanasining ichki va tashqi diametrini o‘lchash va maxsus formuladan foydalanish orqali aniqlanadi. Barcha teshiklar tayyor bo‘lgach, bansuri antiseptik moylar eritmasiga botiriladi, shundan so‘ng u tozalanadi, quritiladi va bezak va termal ta’sirlardan himoya qilish uchun bir vaqtning o‘zida ipak yoki neylon kordonlar bilan bog‘lanadi.

Bansurini chalish[tahrir | manbasini tahrirlash]

bansurida o‘ynash

Bansuri uzunligi 12 dyuymdan (murali deb ataladi) 40 dyuymgacha (shankha-bansuri) bo‘ladi. Uning holati bansurining uzunligi va qalinligiga ham bog‘liq - u qanchalik uzun bo‘lsa, undan pastroq tovushlarni olish mumkin. Bansurining tonalligi Sa surasi bilan belgilanadi - bansurida bu svara eng yaqin uchta teshik bekitilganda yangraydi. Bansurini eng ko‘p tarqalgan modeli 20 dyuymli. Olti teshikli bansuri ikkala qo‘lning ko‘rsatkich, o‘rta va nomsiz barmoqlar yordamida chalinadi. Agar teshiklar soni yettita bo‘lsa, jimjiloq barmoq ham ishlatiladi[2].

An’anaga ko‘ra, hind klassik musiqasida bansuri chalish tanpura va tabla jo‘rligi bilan birga keladi.

Bansuridagi tovush, boshqa puflama cholg‘u asboblari singari, asbob ichidagi havo ustunining tebranishidan kuy hosil bo‘ladi. Ushbu ustun uzunligi bansurining turli teshiklari yopiq yoki ochiq qoldirilganligiga qarab o‘zgaradi. Ba’zan tekis yoki o‘tkir notalar yaratish uchun teshiklarning faqat yarmi yopiladi. Asbobdagi teshiklarni yopish uchun maxsus texnikalar mavjud. Ushbu uslublarning eng mashhurlari - Pannalal Gxosh (barmoqlarning uchlari bilan teshiklarni yopish) va Xariprasada Chaurasia (barmoqlar yostiqlari bilan yopish) sanaladi. Pitch, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘ini manipulyasiyasi va puflash (ko‘proq havo puflash) bilan aniqlanadi. Ijro uchun pozisiyani tanlash ham muhimdir, chunki chalish uchun ko‘pincha bir necha soat kerak bo‘ladi.

Mashhur bansuri ijrochilari orasida Pannalal Gxosh, Xariprasada Chaurasia, Vijay Ragxav Rao, Devendra Murdeshvar, Ragxunatx Set va boshqalar bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Walker B. Hindu World: An Encyclopedic Survey of Hinduism. — New Delhi: Munshiram Manohar Lal, 1983. — Vol. II. — P. 259.
  2. Leifer, Lyon How to Play the Bansuri: A Manual for Self-Instruction Based on the Teaching of Devendra Murdeshwar. — Rasa Music Co, 2005. — ISBN 0976621908

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Бансури // Музыкальные инструменты. Энциклопедия. — M.: Дека-ВС, 2008. — С. 57—58. — 786 с.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]