Kontent qismiga oʻtish

Bank siri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bank siri — yuridik va jismoniy shaxslarning tijorat sirini himoya qiluvchi fuqarolik huquqining oʻziga xos instituti. „Bank siri toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 3-moddasiga muvofiq, "bank siri" bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi: oʻz mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqalari va omonatlariga doir maʼlumotlar; bank oʻz mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari koʻrsatish munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) toʻgʻrisida olgan maʼlumotlar; mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulkini, uning xususiyati va qiymati haqidagi maʼlumotlar[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi