Bank axborotnomasi
Bank axborotnomasi ("Bankovskiye vedomosti") — Oʻzbekiston Respublikasi bank xodimlari, ishbilarmonlari va tadbirkorlarining haftalik gazetasi. Muassislari: OʻzR Markaziy banki, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya universiteti, "Zakovat" jamgʻarmasi. Toshkentda 1995-yil yanvardan oʻzbek va rus tillarida chiqadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va banklar hamda ularning mijozlari faoliyatini yoritadi. Asosan, ishbilarmonlik, tijorat xabarlari va reklamalar, maslahatlar, shuningdek bank ishiga oid yangi meʼyoriy qonun hujjatlariga sharhlar beradi. Sharq va Gʻarb mamlakatlari, uzoq va yaqin xorij iqtisodiyotining muhim qirralari, Oʻzbekistonning eng yaxshi firmalari va moliya ozori qatnashchilari va boshqa haqida materiallar beradi. Adadi har ikki tilda 8 ming nusxadan (2000).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |