Banionis Donatas
Jump to navigation
Jump to search
Banionis Donatas (1924. 28. 4) - litva aktyori. 1941 y.dan Panevej teatrida ishlaydi. 1980 y.dan bosh rej., 1984 — 88 y.lar badiiy rahbar va direktor. B. ijrosi chuqur psixologik talqini, kuchli ehtirosga boyligi bilan ajralib turadi. "Hech kim oʻlishni xohlamasdi", "Oʻlik mavsum", "Goyya", "Solyaris", "Trest" operatsiyasi", "Nikkolo Paganini" kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. B. ijodiga bagʻishlab "Men — kambagʻal qirolman" va "Kichik shahardan chiqqan usta" nomli filmlar ishlangan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |