Kontent qismiga oʻtish

Bandura

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bandura
(Zamonavy Kiyev va Xarkiv-uslubidagi banduralar)[1]
Oʻxshash asboblar


Bandura (polyakcha: bandura, lotincha: pandura – uch torli sitra) – torli-tirnama, chertma ukrain xalq musiqa asbobi[2].

Bandura chaladigan musiqachilar bandurist deb ataladi. 19-asr va 20-asr boshlarida anʼanaviy bandura chaluvchilar, asosan koʻrlar boʻlib, kobzar nomi bilan mashhur boʻlishgan[3]. Bu cholgʻu asbobi gusli (Sharqiy Yevropa psalteriyasi) va kobza (Sharqiy Yevropa luti)ning aralashmasi sifatida rivojlangan degan taxminlar mavjud. Baʼzilar kobzani banduraning bir turi yoki unga oʻxshash cholgʻu asbobi deb hisoblashadi[4].

Dastasi kalta, kosasi tuxumsimon boʻladi. Unda 20 yoki undan ortiq tor boʻladi boʻlib, ular dasta yoki qopqoqga tortilgan boʻladi. Torlari turli uzunlikda boʻlib, qisqasi – baland (ingichka), uzunlari esa – past (yoʻgʻon) tovush chiqaradi. Bandura barmoqlar yordamida tirnab, baʼzida esa maxsus plektr yordamida chalinadi[5][6].

Banduraning past tovushli asosiy uzunroq torlari joʻrnavozlik xizmatini oʻtaydi. Baland tovushli, koʻpgina qisqa torlari kuy hosil qiladi. Xonanda-sozanda (bandurachi-kobzachi)lar qoʻshiqlarini bandura joʻrnavozligida ijro etishgan (qadimda banduralar kobza deb atalgan)[7].

Bundan tashqari uning takomillashtirilib orkestrda qoʻllanadigan (bandura-prima, bandura-alt, bandura-bas va bandura-kontrabas) turlari ham yaratilgan. Ukrainada Davlat bandurachilar kanellasi tuzilgan boʻlib, ular asosan xalq qoʻshiqlarini ijro qilishadi[5][6].

  1. Крылатов, Юрий „Взяв і я бандуру“ [I also took a bandura]. pisni.org.ua. проект "Українські пісні" (project "Ukrainian songs"). Qaraldi: 2015-yil 11-iyul.
  2. Mizynec, V. Folk Instruments of Ukraine. Bayda Books, Melbourne, Australia, 1987, 48s.
  3. Buckingham, James Silk; Sterling, John; Maurice, Frederick Denison; Stebbing, Henry; Dilke, Charles Wentworth. The Athenaeum: A Journal of Literature, Science, the Fine Arts, Music, and the Drama. London: J. Francis, 1874 — 270-bet. 
  4. Findeizen, Nikolai. History of Music in Russia from Antiquity to 1800, Vol. 1 (en). Bloomington: Indiana University Press, 2008. ISBN 978-0-253-02637-8. 
  5. 5,0 5,1 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  6. 6,0 6,1 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  7. „Bandura“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • Diakowsky, M. A Note on the History of the Bandura. The Annals of the Ukrainian Academy of Arts and Sciences in the U. S. 4, 3–4 no. 1419, N. Y. 1958, S.21–22
  • Diakowsky, M. J. The Bandura. The Ukrainian Trend, 1958, no. I, S.18–36
  • Diakowsky, M. Anyone can make a bandura – I did. The Ukrainian Trend, Volume 6
  • Haydamaka, L. Kobza-bandura – National Ukrainian Musical Instrument. „Guitar Review“ no. 33, Summer 1970 (S.13–18)
  • Hornjatkevyč, A. The book of Kodnia and the three Bandurists. Bandura, #11–12, 1985
  • Hornjatkevyč A. J., Nichols T. R. The Bandura. Canada crafts, April–May 1979 p. 28–29
  • Mishalow, V. A Brief Description of the Zinkiv Method of Bandura Playing. Bandura, 1982, no. 2/6, S.23–26
  • Mishalow, V. The Kharkiv style #1. Bandura 1982, no. 6, S.15–22 #2; Bandura 1985, no. 13-14, S.20–23 #3; Bandura 1988, no. 23-24, S.31–34 #4; Bandura 1987, no. 19-20, S.31–34 #5; Bandura 1987, no. 21-22, S.34–35
  • Mishalow, V. A Short History of the Bandura. East European Meetings in Ethnomusicology 1999, Romanian Society for Ethnomusicology, Volume 6, S.69–86
  • Mizynec, V. Folk Instruments of Ukraine. Bayda Books, Melbourne, Australia, 1987, 48s.
  • Cherkaskyi, L. Ukrainski narodni muzychni instrumenty. (tr. "Ukrainian folk musical instruments ") Tekhnika, Kyiv, Ukraine, 2003, 262 pages. ISBN 966-575-111-5