Baltushis Yuozas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BALTUSHIS (Baltušis) Yuozas (taxallusi; asl ismi Albertas Yuozenas) (1909— 1991) —Litva xalq yozuvchisi (1969). Ilk asarlarini 1932-yildan eʼlon qila boshlagan. "Hafta yaxshi boshlanadi" (1940), "Oq beda" (1943) kabi hikoya va ocherklar toʻplami, "Sotilgan yillar" (1 —2-jild, 1957 — 69), "Yuzos haqida qissa" (1979) kabi romanlar hamda avtobiografik povest, pyesa va hikoyalar muallifi. "Sotilgan yillar" romani va boshqa bir qator asarlarida bir turkum litvalik dehqonlar obrazi yaratilgan, qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy turmush oʻz ifodasini topgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil