Ballistik trayektoriya
Qiyofa
Ballistik trayektoriya - aerodinamik koʻtarish kuchidan xoli boʻlgan jismning harakat yoʻnalishi. Yer atmosferasi chegarasida harakatlanayotgan ballistik raketalar atmosferaning qalin qatlamiga kichik ataka burchagi bilan kirayotganligi tufayli koʻtarish kuchi boshqa kuchlar (jumladan, raketaning ogʻirlik kuchi)ga nisbatan hisobga olmaslik darajasida kichik boʻlganligidan ular amalda Ballistik trayektoriya boʻyicha harakatlanadi. Raketalar va kosmik apparatlar (KA) ning atmosferadan tashqaridagi harakati har doim Ballistik trayektoriya boʻyicha amalga oshadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |