Ballaster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ballaster — temir yoʻl izlarini ballast ustiga koʻtarib qoʻyuvchi, ballastni sidirib tashlovchi mashina. Lokomotiv harakatlantiradi. Uch xili mavjud: 1) elektromagnit koʻtargichli elektr B.; 2) rolikli pnevmatik B.; 3) rolikli mexanik B. Eng qulay va afzali elektr B.dir. Ballaster qurish ishlarini ancha yengillashtiradi, ish unumdorligini oshiradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil