Ballast

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ballast (gollandcha Ballast) — 1) lokomotiv, kema va boshqalarning ogʻirligini sunʼiy ravishda oshirish uchun ishlatiladigan yuk (suv, qum va boshqalar); 2) havodan yengil uchish apparatlari (mas, aerostat) koʻtarilishini rostlab turadigan yuk (mas, qum); 3) temir yoʻl shpallari ostidagi qatlam. Maydalangan togʻ jinslari (qum, shagʻal, tosh), domna toshqoli (shlagi) va boshqa materiallardan yotqiziladi. B. poyezddan shpallarga tushadigan zoʻriqishni iz koʻtarmasiga bir meʼyorda oʻtkazadi, shpallarning siljib ketishiga yoʻl qoʻymaydi, poyezd gʻildiraklarining relsga yumshoq urilishini taʼminlaydi; 4) koʻchma maʼnoda — ortiqcha yuk, daxmaza, maʼlum ish uchun foydasiz narsa.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil