Baliqlitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baliqlitov — Nurota tizmasining shim. etaklaridagi qoldiq togʻ. Qoʻytosh togʻlaridan 10 – 12 km shim.da. B.ning jan.-sharqiy yon bagʻri qiyaroq, shim.-gʻarbiy yon bagʻri yotiqroq. Uz. taxminan 17 km, eni 0,5 – 1 km. Mutlaq balandligi 581 m (Boyzagʻir togʻi). B. paleozoyning metamorfik ohaktoshlaridan tarkib topgan. Yon bagʻirlarida qiska soy koʻp. B.dan yaylov sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil