Baliqchilik parvarishxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baliqchilik parvarishxonasi — baliqchilik xoʻjaliklari uchun yosh baliqlar yetkazib beruvchi korxona. OʻzRning koʻpchilik Baliqchilik parvarishxonasi lari baliqchilik xoʻjaliklarining baliq boqish hovuzlarida oʻstirish uchun bir yoshli baliq chavoklari yetkazib beradi. Baliqchilik parvarishxonasi da baliq tuxumlarini urugʻlantirish, yosh baliqparni oʻstirish, qishlatish, shuningdek katta yoshdagi zotli erkak va urgʻochi baliqlarni saqlash hovuzlari hamda karantin hovuzlari boʻladi. Odatda, baliqlar bahorda tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqkan yosh baliqchalar kelasi yil bahorigacha saqlanadi. Erta bahorda bir yoshli baliq chavoqlari (baliqchalar) baliqchilik xoʻjaliklari hovuzlarida boqish uchun tarqatiladi. OʻzRdagi "Oʻzbaliq" korporatsiyasi har yili 100 mln. donadan ortiq bir yillik baliq chavoqlari yetkazib beradi. Baliqchilik parvarishxonasi larida, asosan, zogʻora baliq, oq amur va boshqa baliqlar oʻstiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil