Baliqchi birlashmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baliqchi birlashmasi - tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida joylashgan. 1961-yilda tashkil etilgan. Baliq boqiladigan hovuzlari maydoni 2611 ga (1999). 400 mln. dona baliq lichinkalari yetishtirish imkoniyatiga ega boʻlgan urchitish xonasi bor. Birlashmada yiliga 25 — 30 mln. dona bir yillik baliq chavoqlari, 8 ming t. gacha tovar baliq va 500 t. gacha dudlangan baliq ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Baliqchi birlashmasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil