Baliq uni
Qiyofa
Baliq uni – baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy boʻlib, qishloq xoʻjaligi hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50 – 55% oqsil, 10 – 20% yogʻ, 30% gacha kalsiy fosfat, 5% gacha osh tuzi va A, V, D vitaminlari bor. Baliq uni organizmda juda yengil hazm boʻladi. Shuning uchun birinchi navbatda yosh hayvonlarga, joʻjalarga (kundalik yemining 10% miqdorida), tovuqlarga, baʼzan katta yoshdagi hayvonlarga ham beriladi. Sigirga kuniga 1 – 1,5 kg baliq uni berilsa, sut va goʻsht sifati buzilmay, mahsuldorligi oshadi. Baliq uni O‘zbekistonda Mo‘ynoq baliq konserva zavodida tayyorlangan. Hozirda Oʻzbekistonning bir nechta hududida baliq uni tayyorlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |