Balinos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balinos – yunonistonlik faylasuf Apollonisning Sharq adabiyotidagi nomi. Balinos tilsim ochish va sehr-jodu ilmlarini puxta oʻzlashtirgan hakim sifatida mashhur boʻlgan. Balinos “Saddi Iskandariy” dos­tonida Iskandarning boshiga toj kiydirgan ikki donishmandning biri sifatida keltiriladi:

Arastu bila-oʻq Balinos edi,

Ki bu Xizr edi, ul bir Ilyos edi.

(“Saddi Iskandariy” 19-bob)

Doston xotimasida Iskandarning onasiga yetti hakim taʼziya izhor etadi. Balinos Aflotun, Suqrot va Arastudan keyin, toʻrtinchi boʻlib, Iskandarning onasiga taʼziya bildiradi.

“Tarixi anbiyo va hukamo”da Balinos Aristolisning shogirdi, Jolinus hakimning ustozi sifatida tilga olingan. Iskandar minorasi uning boshchiligida bunyod etilgan[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Saddi Iskandariy”. 
  3. “Tarixi anniyo va hukamo”.