Balaton
Balaton — Vengriyadagi koʻl. Oʻrta Dunay pasttekisligida, 105 m balandlikda. Maydoni 596 km², uz. 78 km. Oʻrtacha chuq. 3 m (eng chuqur joyi 11 m). B. koʻlining oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Shim.-gʻarbiy qirgʻoqlari baland, tik va parchalangan, qirgʻoqlarining qolgan qismi past, qumloq, baʼzan botqoqlik. B.ga bir necha daryo quyiladi, eng kattasi — Zala. Shio daryosi oqib chiqadi va u kanallar orqali Dunay daryosiga quyiladi. Kema qatnaydi. Yozda suvning temperaturasi 20°. B. atroflari Vengriyadagi yirik kurort va turizm rni. Mineral buloq koʻp.
Kema qatnovi va baliq ovlash yoʻlga qoʻyilgan. B. sohilida Kestxey va Shiofok shaharlari joylashgan. Tixan landshaft qoʻriqxonasi (zakaznik), Kish-balaton rezervati bor.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |