Balapantov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balapantov - Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Tomditovning sharqiy qismi. Mutlaq balandligi 493 m. Shim.da Shoʻshaqtov togʻlaridan tektonik botiq orqali ajralgan. Sharqiy va jan. etaklari Yomonqum choʻliga tutash. B. karbon davrining slanes va konglomeratlaridan tarkib topgan, yon bagʻirlari yassi. B.ning suvayirgʻich qismi yassi tekislik, jan. yon bagʻri tik. Jan. yon bagʻridagi soylar u qadar chuqur emas, vodiylari ancha keng , soylar slanes sharchalari bilan qoplangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil