Balanoforalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balanoforalar (Balanophorales) - ikki pallali oʻsimliklar tartibi, oʻsimliklar ildizida parazitlik qiladigan etdor oʻtlar. Gullari mayda, bir jinsli yoki poligam, toʻshulda joylashgan. Urugʻi endospermli. Mevasi yongʻoqsimon yoki danaksimon. 2 oplaga boʻlinadi. Sinomorsimonlar (Cynomoriaceae) oilasi bitta turkum va 2 turni oʻz ichiga oladi, shu jumladan jungor sinomori (Cynomorium songaricum) Markaziy Osiyoda tarqalgan. Balanoforadoshlar (Balanophoraceae) oilasiga 18 turkum, 120 ga yaqin tur kiradi. Tropik va qisman subtropik mintaqalarda, asosan nam tropik oʻrmonlarda tarqalgan. Boshqa parazitlar singari B. organlari ham juda soddalashgan: barglari tangachasimon yoki boʻlmaydi, ayrim turkumlari gullarining gulyon-barglari rivojlanmagan. B. gullari rangli kolba yoki shar shaklida boʻlib, tuproq yuzasiga chiqib turadi. Baʼzi turlari sham uchun ishlatiladigan mumsimon qatronga, boshqalari kraxmalga boy boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil