Balandlik koordinatasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balandlik koordinatasi, mutlaq balandlik — geodeziyada yer sirtidagi nuqtalarning asos (boshlangʻich) deb qabul qilingan dengiz sathiga nisbatan balandligi (yoki mutlaq belgi). Nivelirlash yoʻli bilan aniqlanadi. Oʻzbekistonda Boltiq dengizining oʻrtacha sathi (Kronshtadt fut-shtogining noli)ga nisbatan hisoblanadi. Mas: Toshkent shahrining dengiz sathidan eng baland joyi 515 m boʻlib, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi "Traktor" avtost-yasi yaqinida, eng past joyi (380 m) Sergeli tumanida, Chirchiq daryosi sohilida.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil