Balaliq shagʻimning aspani
"Balaliq shagʻimning aspani"—2011-yilda rejissyor Rustem Abdirashevning Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning bolaligi va yoshligi haqidagi badiiy filmi. Koʻp seriyali „Koʻshbasshi joli“ dostonining birinchi qismi.[1] 2011-yil 7-aprelda Nursulton Nazarboyev Ostonadagi „Qozogʻiston“ markaziy konsert zaliga tashrif buyurdi va film taqdimotini tomosha qildi.[2]
Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film Olmaota viloyatining Uchqoʻngʻir yaylovi, Shamalgʻan qishlogʻi, Qaskeleng va Olmaota shahrida suratga olingan. Hikoya Nursulton Abishulining „Bez pravyx i levyx“, „Episentr mira“, „V serdse Evrazii“ asarlari asosida yaratilgan boʻlib, real hayot yoʻlidan hikoya qiladi.[2]
Bolaligidan Sulton ismli Nursulton Abishuli uchuvchi boʻlishni orzu qilgan. Maktabni tugatgach, u Kiyevdagi Fuqarolik aviatsiyasi institutida oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi. Biroq, taqdir uni butunlay boshqacha yoʻnalishga aylantiradi.
Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yerjan Jarilqosinov Nursultonning yoshligidagi otasi
- Nurjumon Ixtimboev Nursultonning keksayib qolgan otasi
- Almagul Alisheva — Nursultonning yoshligidagi onasi
- Natalya Arinbasarova Nursultonning qarigan onasi
- Eljas Alpiev — Nursulton bolaligida
- Abilmansur Serikov — Nursulton maktabda oʻqib yurgan paytlari
- Nurlan Alimjonov — Nursulton yoshligida
- Bibigul Tolegenova Nursultonning buvisi
- Daulet Abdygaparov — Mambetbay
- Nursulton Nazarboyev — kamo
Filmning davomi[tahrir | manbasini tahrirlash]
U „Koʻshbasshi joli" kinodostonining „Olovli daryo“ deb nomlangan ikkinchi qismi va „Temirtau“ deb nomlangan uchinchi qismini suratga olmoqda. Kinoepopeya 2013-yilda yakunlanadi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ ckzkazakhstan.kz. „Мәдени жаңалықтар“ (12-mart 2012-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ 2,0 2,1 akorda.kz. „Нұрсұлтан Назарбаев«Балалық шағымның аспаны» атты жаңа көркем фильмнің тұсаукесерін тамашалады“ (7-aprel 2011-yil). [sayt ishlamaydi]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Qozoqfilm (Wayback Machine saytida 2022-06-29 sanasida arxivlangan)
- Prezident haqidagi film davom etmoqda