Bal raqsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bal raqsi — ommaviy koʻngil ochishga moʻljallangan raqs kechalari (bal)da ikki yoki undan ortiq juftliklar ijro etadigan raqs. Bal raqsi 14-asrda Italiyada yuzaga kelgan. Bal raqsi ning nazariy qonun-qoidalari shu yerda shakllangan, keyinchalik Fransiyada keng tarqalgan. 14— 16-asrlarda Italiya va ayniqsa Fransiyada branl, volta Bal raqsi lari mashhur boʻldi. 17-asrdan butun Yevropa boʻylab keng tarqaldi. Har bir mamlakatda oʻziga xos yoʻsinda shakllandi va turli koʻrinishlarda boyib bordi. Xalq orasida burre, gavot, allemanda, menuet chakonna, jiga, sarabanda turlari ommalashdi. 18-asr ga kelib paspye, myuzet, rigodon, kontrdans, ekossez, lendler kabi erkin raqslar keng yoyildi. 19-asrda tampet, mazurka, polonez, matredur, kadril, lensye, landler, galop, kankan, polka, turli koʻrinishdagi valslar va boshqa ritmik tarzda rivojlandi. 19-asr oʻrtalaridan vals eng mashhur Bal raqsi ga aylandi. 20-asrdan Amerika va Yevropa Bal raqsi (boston, fokstrot, tango, charlston va boshqalar) urf boʻldi. Oʻzbekistonda Bal raqsi Rossiya taʼsirida 19-asr oxirlaridan ijro etila boshlagan. Hozirgi kunda Bal raqsi madaniyat saroylari (mas, Aviasozlar madaniyat saroyi), havaskorlik toʻgaraklari va boshqa joylarda, shuningdek professional raqqos(a)lar tomonidan ijro etilib kelinmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil