Bakteritsidlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakteritsidlik (bakteriyalar va lot. caedo — oʻldiraman) — fizik, kimyoviy va biologik omillarning mikroorganizmlar (shu jumladan bakteriyalar)ni oʻldira olish xususiyati. Mas, amyobalarni oʻldira olishi amyobatsidlik, zamburugʻlarni oʻldira olishi fungitsidlik deb ataladi va h.k., yaʼni taʼsir koʻrsatilayotgan mikroorganizmning xiliga qarab nomlanadi. Tabiiy omillardan issiqlik va nur energiyasida B. koʻproq. Qisqa toʻlqinli nurlar, jumladan ultrabinafsha nurlar aksari mikroblarni oʻldiradi. B. xossasi bor kimyoviy moddalar bakteritsid moddalar deb ataladi. Odam va hayvonlarning qon zardobi (unda aleksin degan modda bor), shuningdek koʻz yoshi, soʻlak, sut (ularda lizotsim bor), meʼda shirasi (unda xlorid kislota bor) va shahrik. B. xususiyatiga ega. Teri ham mikroblarni oʻldiradi. Oʻsimliklar chiqaradigan fitonitsid degan moddalar ham mikroblarni oʻldiradi va davolash ishida keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil