Kontent qismiga oʻtish

Bakteriolizinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakteriolizinlar – bakteriyalar hujayralarining yemirilishiga (bakterioliz) olib keladigan biologik moddalar. Odam va hayvonlar organizmida bakteriolizinlar antitelolar hamda komplementlardan tashkil topgan. Antitelolar (spesifik bakteriolizinlar) immun zardobda boʻlib, faqat maʼlum mikroorganizmlarga taʼsir etadi. Komplementlar (nospesifik Bakteriolizinlar) normal va immun zardoblarda boʻladi. Bakteriolizinlar hujayra yuzasida oʻzgarishlar paydo qilib, komplementlar esa uni eritadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil