Kontent qismiga oʻtish

Bakterial oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakterial oʻgʻitlar – tarkibida ekinlar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari boʻlgan preparatlar. Bakterial oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimlik ildizi zonasida biokimyoviy jarayonlarni kuchaytiradigan va oʻsimlikning ildiz orqali oziqlanishini yaxshilaydigan mikroorganizmlar manbai hosil boʻladi. Bakterial oʻgʻitlar mikroorganizmlari oʻsimliklarning azot, fosfor va boshqa elementlar bilan taʼminlanishini yaxshilaydi. Ular oʻsimliklar uchun zarur biologik faol moddalar (auksinlar, vitaminlar va boshqalar)ni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, bakterial oʻgʻitlar kasallik tugʻdiruvchi zamburugʻlarning kushandasi boʻlib, oʻsimliklarni kasallanishdan saqlaydi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida 1935-yildan boshlab qoʻllangan. Bakterial oʻgʻitlardan azotobakteriya, nitragin, fosforobakterin va boshqa ishlatiladi. Urugʻlik ekish oldidan bakterial oʻgʻitlar bilan dorilanadi bakterial oʻgʻitlar quruq binoda 0" dan 10° gacha haroratda zavod idishlarida saqlanadi va bir mavsum davomida foydalaniladi[1].

  1. "Bakterial oʻgʻitlar" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil