Bakelit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakelit — rezolning eski nomi. B.ga toʻldirgichlar (yogʻoch qipigʻi, qogʻoz, asbest) aralashtiriladi va hosil boʻlgan massani press-qoliplarda qizdirib ishlash yoʻli bilan elektr izolyatsiyalash materiallari va mexanik xossalari yuqori boʻlgan zanglamas buyumlar tayyorlanadi. Ixtirochi— belgiyalik amerika kimyogari L. Bakeland (1863 - 1944) nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil