Bajan Mikola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Bajan Mikola (taxallusi; asl ismi Nikolay Platonovich) (1903. 26. 9, Kamenes-Podolskiy – 1983.5.6, Kiyev) – ukrain shoiri va jamoat arbobi. Ukraina Fanlar Akademiyasi akademik (1951), Oʻzbekiston xalq shoiri (1968), Ukrainada xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Ukraina ensiklopediyasi bosh muharriri (1958–83). "Oʻn yettinchi soqchi" ilk sheʼriy toʻplami 1926-yilda bosilgan. "Saflanish" (toʻplam, 1929), "Gofman tuni" (1929), "Soʻqirlar" (1929–32) kabi tarixiy asarlarida yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat aks etgan. 20-yillarda futurizm va konstruktivizm taʼsirida ijod qila boshlagan, lekin tez orada realistik sheʼr va dostonlar yozishga kirishgan. B.ning "Angliya taassurotlari" (1948), "Odamlar, kitoblar, sanalar" (1968), "Oʻylar va xotiralar" (1983) kabi asarlari xalqlar doʻstligi, tinchlik uchun kurash mavzuida. B. 1930, 1941–42 yillarda Oʻzbekistonda yashagan, taassurotlari "Oʻzbekiston sheʼrlari" (1942) turkumiga kirgan sheʼrlarda aks etgan. Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonini ukrain tiliga tarjima qilgan (1947). Asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil