Bahrom va Gulandom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Bahrom va Gulandom”Kotibiy Turshiziy “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi doston. Nizomiy Ganjaviy “Panj Ganj”i dostonlaridan biriga javob tarzida yozilgan. Adabiyotshunoslikda dostonning nomlanishiga qarab uni “Haft paykar”ga tatab­buʼ sifatida, qoʻllanilgan sheʼriy oʻlchoviga qarab esa “Xusrav va Shirin”ga javob tarzida yozilgan degan qarashlar mavjud. Alisher Navoiy ushbu doston nomini “Majolis un-nafois”da Kotibiy Turshiziy bilan bogʻliq bobda eslab oʻtadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”.