Bahrom Boboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahrom Jalolovich Boboyev
 Oʻzbеkistоnning Polshadagi elchisi
 
Mansab davri
2019-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Amirsaid Aʼzamxoʻjayev[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-iyun 1956-yil (1956-06-09) (67 yosh)
Toshkent[2]
Mukofotlari

Bahrom Jalolovich Boboyev – oʻzbekistonlik olim, Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi sobiq elchisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1956-yil 9-iyunda Toshkentda tugʻilgan.

1980-yilda Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlagan.

1998-yilda Parijdagi Xalqaro diplomatik akademiyani tamomlagan.

Falsafa fanlari doktori, professor.

1980—1982 – Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti.

1983—1990 – Toshkent davlat pedagogika instituti falsafa kafedrasi oʻqituvchisi, soʻng dotsenti.

1990—1992 – Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining doktoranti.

1993—1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

1997—1999 – Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi birinchi kotibi.

1999—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2003—2007 – Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasining siyosiy maslahatchisi;

2008—2010 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik boʻyicha maslahatchisi.

2013—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2015—2018 – Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi muvaqqat ishlar vakili.

2019-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

Falsafa, ijtimoiy soha va diplomatiyaga oid 2 ta monografiya va 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Fransuz va rus tillarida gapiradi.

Uylangan, uch farzandi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]