Bahrali nam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahrali nam, foydali nam – tuproqdagi namning oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan qismi. Bahrali nam koʻpincha tuproq dala nam sigʻimining 65 – 70% ga teng boʻladi. Bu miqdor oʻsimlik xiliga va tuproqning mexanik tarkibiga qaraboʻzgaradi. Mas, poliz ekinlari uchun 75 – 80%, gʻoʻza va boshokli oʻsimliklar uchun 65 – 70%, shuningdek yengil tuproqlarda ozroq, ogʻir tuproqlarda koʻproq. Tuproqdagi namning oʻsimlik oʻzlashtira olmaydigan qismi bahrasiz nam deyiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil