Bahorgi teng kunlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahorgi teng kunlik – Quyosh osmon sferasining Janubiy yarim sharidan Shimoliy yarim shariga oʻtishida osmon ekvatorini kesish nuqtasi. Quyosh Bahorgi teng kunlik k.da boʻlganda Yer yuzidagi hamma geografik kenglamalarda sharq nuktasida chiqib, gʻarb nuqtasida botadi. Bu har yili 21-mart atrofida sodir boʻladi. Bunda ufq tekisligi osmon ekvatorini teng ikkiga boʻladi. Shuning uchun Bahorgi teng kunlik k. paytida Quyoshning ufq ustidagi va ostidagi yoʻllari bir-biriga teng boʻladi, yaʼni kun bilan tunning uzunligi (davomiyligi) tenglashadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil