Bahor katari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bahor katari – konʼyunktivitning oʻziga xos bir turi; bot-bot qoʻziydi va yillab davom etadi. Bahorda qoʻziganligi uchun "bahor katari" deb ataladi. Asosan 6 – 20 yoshdagi oʻgʻil bolalarda uchraydi. Bunda erta bahorda kuyesh nuri, koʻkat va gullar hidi taʼsirida ikkala koʻz qizaradi, achishib qichishadi, qovoqlar qirrasi shishib, yuqori qovoq bir oz salqib turadi. Surunkali kechadi. Koʻproq allergiyaga sabab boʻladi. Bahor katari ni oldini olishda koʻzni kuchli yorugʻlik va changdan ehtiyot qilish; koʻzning kichishishini yoʻqotish uchun vrach buyurgan dorilarni qoʻllash tavsiya etiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil