Bahor (tarixiy shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahor — Toharistondagi o‘rta asr shaharlaridan biri. Arab tarixchisi Qu-doma ibn Ja’farning ma’lumotiga ko‘ra, B. shahri Xulmdan 7 farsax (45— 50 km) narida, cho‘lda joylashgan. B.da suv faqat bir qudukdagina bo‘lib, unga narvon bilan tushilgan. Sam’oniy (12-asr) Balx viloyatida Shobuxor qishlog‘ini, Yoqut Hamaviy shu viloyatda Bahoriza qishlog‘ini qayd etganlar, ularni B. bilan aynan bir deb hisoblash mumkin. "Bahor" atamasi bu yerda islom dinidan avval v i x a r a, ya’ni buddaviylar monastiri — ibodatxonasi bo‘lganidan dalolat beradi. "Narvon bilan tushiladigan kuduq", ya’ni sardoba bo‘lgan. Atamalardan biri tarkibidagi "sho" qad. "xsha" — "podshoh" so‘zidan, ya’ni "sho-hona vihara" turgan yer. Ikkinchisida — "za" qo‘shimchasi sug‘dcha "zay, zaya" — "joy, o‘rin, yer" ma’nosiga ega. Qiyos qiling: Toshkentda Novza mavzei — "yangi yer" deganidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil