Bahodir Roziqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahodir Roziqovich Roziqov (1941.25.01, Zomin tumani — 2002.14.12, Mirzaobod tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent ped. institutini tugatgan (1964). 1964-yildan Mirzaobod tumanidagi 21-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1969-yildan direktor. U rahbarlik qilgan maktab 1995-yil "Yil maktabi" respublika koʻrik tanlovida 1-oʻrinni egallagan, 1999-yil YUNESKO ning maxsus grantiga sazovor boʻlgan. R. bir qancha tarixiy ocherk, risola hamda sheʼriy toʻplamlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Roziqov Bahodir Roziqovich" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil