Bahodir Niyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bahodir Boboyevich Niyozov (1959.15.8, Beshkent) — usta kulol, kulollar sulolasining vakili, Oʻzbekiston xalq ustasi (2003). Hunarni ota-bobosidan oʻrgangan. P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1984). Qarshi sanʼat bilim yurtida badiiy bezash boʻlimi boshligʻi (1984—97). 1997 yildan Qashqadaryo viloyati "Hunarmand" uyushmasi rahba-ri. N. qad. kulollik maktablaridan biri — Kasbi kulollik maktabini tiklash va rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi; anʼanaviy uy-roʻzgʻor buyumlari (xum, koʻza, oftoba, tuncha va boshqalar)ni oʻziga xos usulda yaratadi, binolar bezagi uchun sopol, terra-kotadan samarali foydalanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil